Dalillarga asoslangan strategik yechimlar. Auditning har bir bosqichida ekspert maslahatlar. Xalqaro standartlar va mahalliy tajriba uyg‘unligi.
Biz moliyaviy xavfsizlik sohasida – forenzik, audit, komplayens, huquqiy va soliq konsaltingi yo‘nalishlarida chuqur ekspertizani birlashtirib, tashkilotlarga ichki va tashqi xatarlardan himoyalangan moliyaviy muhitni yaratishda yordam beramiz.
Alliott Global Alliance xalqaro tarmog‘ining a’zosi sifatida biz 105 dan ortiq mamlakatlardagi mijozlar bilan ishlash imkoniyatiga egamiz.
Biz yuqori malakali mutaxassislardan iborat jamoamiz, forenzik surishtiruv, korporativ firibgarlikni aniqlash, tashqi va ichki audit, risklarni boshqarish hamda moliyaviy xavfsizlikni avtomatlashtirish yo‘nalishlarida ixtisoslashganmiz.
Bizning yechimlarimiz nafaqat xatarlarni samarali aniqlash va oldini olishni, balki aktivlarni doimiy himoya qilish va moliyaviy jarayonlarning shaffofligini oshirish uchun avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarini joriy etishni ham ta’minlaydi.
Amaliy tajriba va metodologiyaga ega bo‘lmagan yoki biz bilan hamkorlik qilayotganini yolg‘on da’vo qilayotgan tashkilotlardan ehtiyot bo‘ling!
Forensic Audit – Buyuk Britaniyada joylashgan Alliott Global Alliance a’zosi bo‘lib, bu mustaqil audit, yuridik va konsalting firmalarining eng yirik xalqaro tarmoqlaridan biridir.
Bu hamkorlik 105 ta mamlakatdagi 230 dan ortiq tashkilotni birlashtiradi va bizga xalqaro tajriba, global standartlar, tahliliy vositalar hamda mutaxassislarga butun dunyo bo‘ylab kirish imkonini beradi.
Biz global standartlarni mahalliy o‘ziga xosliklarni chuqur tushunish bilan uyg‘unlashtirib, mijozlarimizga har qanday yurisdiksiyada barqaror o‘sishga erishishda yordam beramiz.
Biz forenzik audit bo‘yicha o‘z sertifikatlash tizimimizni joriy etdik, u shaffoflik, xolislik va xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlaydi.
Har bir audit “Ishonchlilik sertifikati” bilan yakunlanadi – bu shaffoflik va halol biznes yuritish tamoyillariga rioya etish ramzidir.
Bu yondashuv investorlar, hamkorlar va nazorat organlari ishonchini mustahkamlaydi hamda mijozlarimizning xalqaro maydondagi ishbilarmonlik obro‘sini oshiradi.
Audit va moliyaviy surishtiruv sohasidagi 20 yillik tajriba bizning o‘ziga xos audit yondashuvimizni shakllantirdi.
Biz faqat raqamlarni tekshirmaymiz – voqealar manzarasini tiklaymiz, xatarlarni aniqlaymiz va xavflarning oldini olamiz.
Bizning forenzik audit metodologiyamiz xalqaro ekspertlar va sertifikatlash organi CERT International bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ACFE (Firibgarlikni surishtiruv qilish bo‘yicha sertifikatlangan ekspertlar assotsiatsiyasi) tajribasi va moliyaviy xavfsizlik sohasidagi eng yaxshi xalqaro amaliyotlar hisobga olingan.
Shuning uchun aniqlik va halollikni obro‘ masalasi deb biladigan kompaniyalar bizga ishonch bildiradilar.
Buyuk Britaniyada joylashgan xalqaro Alliott Global Alliance alyansining to‘laqonli a’zosi sifatida, mustaqil audit va yuridik firmalarni birlashtirgan holda biz “Together as One” (“Yagona jamoa sifatida birgalikda”) tamoyiliga amal qilamiz. Alliott a’zolarini tanlashning qat’iy jarayoni alyansga faqat eng yuqori sifat standartlariga javob beruvchi professional kompaniyalar kirishini ta’minlaydi va ular mijozlarga global darajada ishonchli hamda kompleks xizmatlarni taqdim etadi.
Biz faqat eng yaxshilar va sizning ishonchingizga loyiq hamkorlar bilan ishlaymiz. Bizning jamoamiz tajribali va nufuzli mutaxassislardan iborat bo‘lib, ular sizning biznes samaradorligingizni oshirish va uning global hamda mahalliy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi individual yechimlarni ishlab chiqadi.
«Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi» tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qibray klinik sanatoriysi
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
«Eyvalek Maxsus Temir Beton» MChJ
«Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi» tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
«YASHILLOYIHA LOYIHALASH INSTITUTI» davlat muassasasi
Binolarni ekspluatatsiya qilish va qurilish-montaj ishlari direksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Futbol klubi «Paxtakor»
«BEK BARAKA IXTISOSLASHGAN SAVDO KOMPLEKSI» MChJ
Philipp Morris tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi
Philipp Morris tamaki mahsulotlarini sotish boʻyicha dilerlik tarmogʻi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq Banki” aksiyadorlik tijorat banki
Bizning forensik mutaxassislar jamoasi 9 noyabr kuni Antimonopol qo‘mitasi bilan hamkorlikda Adliya vazirligi huzuridagi H.Sulaymanova
Zamonaviy biznesda, aktivlar va boshqa moliyaviy resurslar halol bo‘lmagan xodimlar uchun nishonga aylangani sababli, davlat
Bugun ISO 37001 anticorruption standarti qo‘llanilishida Forenzikning roli mavzusiga bag‘ishlangan birinchi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Forenzik-audit — bu zamonaviy moliyaviy xavfsizlik vositasi bo‘lib, u tashkilotlarda firibgarlik, moliyaviy qonunbuzarliklar va boshqa
Bizning forensik mutaxassislar jamoasi 9 noyabr kuni Antimonopol qo‘mitasi bilan hamkorlikda Adliya vazirligi huzuridagi H.Sulaymanova
Zamonaviy biznesda, aktivlar va boshqa moliyaviy resurslar halol bo‘lmagan xodimlar uchun nishonga aylangani sababli, davlat
Bugun ISO 37001 anticorruption standarti qo‘llanilishida Forenzikning roli mavzusiga bag‘ishlangan birinchi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Forenzik-audit — bu zamonaviy moliyaviy xavfsizlik vositasi bo‘lib, u tashkilotlarda firibgarlik, moliyaviy qonunbuzarliklar va boshqa