Forenzik-audit — bu zamonaviy moliyaviy xavfsizlik vositasi bo‘lib, u tashkilotlarda firibgarlik, moliyaviy qonunbuzarliklar va boshqa noqonuniy harakatlarni aniqlash va oldini olish imkonini beradi. Xalqaro amaliyotda u aktivlarni, obro‘ni va mulkdorlarning manfaatlarini himoya qilishning muhim qismi hisoblanadi.
🇺🇿 O‘zbekiston sporti tarixida ilk bor “Paxtakor” futbol klubida Forensic Audit auditorlik tashkiloti (Buyuk Britaniya, Alliott Global Alliance xalqaro ittifoqiga a’zo) ichki standartlari va protseduralari asosida kompleks forenzik-audit jarayoni o‘tkazildi.
Forenzik-audit natijalariga ko‘ra, futbol klubiga O‘zbekistonda birinchi forenzik-audit sertifikati tantanali ravishda topshirildi, unda ishonchlilik kategoriyasi ham belgilandi.
O‘tkazilgan ish sport sohasida moliyaviy shaffoflik va korporativ halollik amaliyotini rivojlantirishda belgili qadam bo‘ldi.
Sertifikat klub faoliyati to‘liq o‘rganilganini va uning moliyaviy jarayonlari forenzik protseduralar metodologiyasi va xalqaro standartlarga muvofiq baholanganini tasdiqlaydi. AAA ishonchlilik kategoriyasi moliyaviy xavflarning aniqlanmaganini va yuqori moliyaviy intizom darajasini bildiradi.
Bu voqea nafaqat sport sanoati, balki O‘zbekistondagi korporativ boshqaruv sohasida ham muhim hisoblanadi. Katta tashkilotlar faoliyatiga forenzik yondashuvni joriy etish shaffoflikni oshiradi, investorlar va hamkorlarning ishonchini mustahkamlaydi hamda moliyaviy halollik madaniyatini yaratadi.