Qo‘shilish va sotib olish (M&A), korporativ o‘zgarishlar hamda noodatiy biznes holatlarida o‘tkaziladi
Bosh sahifa / Audit tekshiruvlari
Bizning audit xizmatlarimiz mijozlarimizning kutganlarini tushunish va qondirishdan boshlanadi.
Audit tekshiruvi – bu kompaniya moliyaviy hisobotining mustaqil ekspert baholashidir, uning maqsadi hisobotning belgilangan moliyaviy hisobot tizimiga muvofiq holda kompaniyaning moliyaviy holati va faoliyat natijalarini to‘liq va haqqoniy aks ettirishini tasdiqlashdan iborat.
Zamonaviy biznes sharoitida moliyaviy hisobot investorlar, kreditorlar va regulyatorlar tomonidan chuqur tahlil qilinadi. Kompaniya rahbariyati, direktorlar kengashi va audit qo‘mitalari nafaqat rasmiy xulosa, balki xavflarni chuqur tushunish, biznes jarayonlarining shaffofligi va ichki nazorat tizimining ishonchliligini kutadilar.
Bizning tashqi auditlarimiz nafaqat moliyaviy hisobotlarning ishonchliligiga baho beradi, balki rahbariyat va mulkdorlarga quyidagi yo‘nalishlarda foydali ma’lumotlarni taqdim etadi:
Biz mutaxassislarimizning tarmoq tajribasini zamonaviy raqamli ma’lumotlar tahlili texnologiyalari bilan uyg‘unlashtiramiz, bu esa xalqaro standartlarga mos yuqori sifatli auditni ta’minlash imkonini beradi.
Aksiyadorlar, investorlar, banklar yoki regulyatorlar uchun hisobot tayyorlash
Buxgalteriya ma’lumotlarining ishonchliligini obyektiv tasdiqlash zarur
IPO chiqish, investitsiyalar jalb qilish yoki kredit olish rejalashtirilmoqda
Qiziqqan tomonlar uchun buxgalteriya va moliyaviy hisobotning oshkoraligini oshirish
XMHS, XAS va mahalliy qonunchilik talablariga rioya etilishini tasdiqlash talab etiladi
Bizning auditimiz moliyaviy ma’lumotlarni rasmiy tasdiqlash doirasidan chiqadi.
Biz biznes jarayonlarini chuqur tahlil qilamiz, moliyaviy hisobotning shaffofligini ta’minlaymiz va korporativ boshqaruv tizimining ishonchliligini mustahkamlaymiz.
Auditorning mustaqil fikri bu shunchaki hisobot emas – bu investorlar, aksiyadorlar va hamkorlar ishonchini mustahkamlash vositasi, shuningdek, rahbariyat uchun yanada asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatidir.
XMHS va BHMS ga muvofiq mustaqil hisobot tekshiruvi
Qonunchilik, me’yoriy hujjatlar va ichki reglamentlarga rioya etilishini tekshirish
Qo‘shilish va sotib olish (M&A), korporativ o‘zgarishlar hamda noodatiy biznes holatlarida o‘tkaziladi
«Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi» tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qibray klinik sanatoriysi
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
«Eyvalek Maxsus Temir Beton» MChJ
«Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi» tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
«YASHILLOYIHA LOYIHALASH INSTITUTI» davlat muassasasi
Binolarni ekspluatatsiya qilish va qurilish-montaj ishlari direksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Futbol klubi «Paxtakor»
«BEK BARAKA IXTISOSLASHGAN SAVDO KOMPLEKSI» MChJ
Philipp Morris tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi
Philipp Morris tamaki mahsulotlarini sotish boʻyicha dilerlik tarmogʻi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq Banki” aksiyadorlik tijorat banki
Forenzikning asosiy qoidalari:
Ishonch, lekin tekshir. Yiliga bir necha marta, tasodifiy tarzda hamkorlarni, kontragentlarni, jamoani va ichki nazoratni tekshirib turing.
Audit tashkilotini yoki maslahatchilarni tanlashni shaxsan o‘zingiz amalga oshiring, bu vazifani xodimlarga topshirmang
Operatsion nazoratdan chiqish va boshqaruvni “ishonchli” odamlarga topshirish biznes yoki lavozimni yo‘qotish bilan teng.
Biznesda qarindoshlar bilan ishlamang. 90% holatda bu samarasizlikka, ko‘pincha esa firibgarlikka olib keladi. Qarindoshlarni jazolab bo‘lmaydi – ular “qarindoshlar”.
Turmush tarzi firibgarni fosh etadi. Daromad va xarajatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik har doim seziladi. Xulq-atvor va o‘zgarishlarni kuzating.
Eslab qoling: dunyodagi kompaniyalarning 99,9% da o‘g‘rilik mavjud.
Siz nazorat tizimini mukammallashtirayotgan paytda, jinoyatchilar uni aylanib o‘tish yo‘lini o‘ylaydi. Ichki nazorat ko‘p hollarda “tishsiz” bo‘ladi – vaqt buni ko‘rsatadi.
Naqd pulni oson o‘zlashtirish mumkin. Naqd pul aylanmasini istisno qiling.
3 asosiy xavfni yodda tuting:
– Aktivlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi.
– Moliyaviy hisobotni soxtalashtirish.
– Korrupsiya xavflari.
Firibgarlikning uchta omilini biling:
Firibgarlik uchburchagi – Imkoniyat, Motiv va Oqlash.