So‘nggi paytlarda biz barcha kuch-g‘ayratimizni muhim va mas’uliyatli vazifaga — Alliott Global Alliance (AGA) xalqaro ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tishga vaqtincha qaratdik. Shu sababli bir muddat axborot kanallarimizda yangiliklar bilan bo‘lisha olmadik.
Bugun esa mamnuniyat va faxr bilan ma’lum qilamiz:
Forensic Audit rasmiy ravishda Alliott Global Alliance — Buyuk Britaniyada joylashgan va dunyoning 100 ta mamlakatidagi 300 dan ortiq ofisni birlashtirgan yetakchi xalqaro mustaqil audit, yuridik va konsalting kompaniyalari assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zosi bo‘ldi.
Bu bizning butun jamoamiz uchun juda muhim qadam bo‘lib, global maydondagi professional darajamiz tan olinganidan dalolat beradi. AGA a’zoligi bizga yangi imkoniyatlar yaratadi:
🔹 Xalqaro loyihalarda ishtirok etish va tajriba almashish
🔹 Butun dunyo bo‘ylab ekspert bilimlari va ilg‘or amaliyotlarga ega bo‘lish
🔹 AGA tarmog‘idagi hamkorlar bilan mijozlarni xalqaro darajada qo‘llab-quvvatlash
Bizni ushbu yo‘lda qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga chin dildan minnatdorchilik bildiramiz.
Oldinda bizni yana ko‘plab qiziqarli loyihalar, professional chaqiriqlar va yangi ufqlar kutmoqda. Biz sizlar bilan birga rivojlanishda davom etamiz!
Hurmat bilan,
Forensic Audit jamoasi