Ekologik mas’uliyatni namoyish etish mijozlar, investorlar, hamkorlar va jamoatchilik ishonchini mustahkamlaydi hamda tashqi e’tiborni ijobiy omilga aylantiradi.
Bosh sahifa / Ekologik audit
Bugungi kunda ekologiya masalalariga davlat, xalqaro tashkilotlar, investorlar va jamiyat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Me’yorlarga mos kelmaslik tanqid va salbiy qarashlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ekologik audit nafaqat bunday xatarlarni kamaytiradi, balki ularni raqobat ustunligiga aylantiradi.
Biz kompaniyalarga o‘z mas’uliyati, shaffofligi va zamonaviy standartlarga moslashganligini ko‘rsatishda yordam beramiz. Bu hamkorlar, investorlar, mijozlar va jamiyat orasida ishonchni mustahkamlaydi hamda yangi imkoniyatlar, moliyalashtirish va xalqaro loyihalarga yo‘l ochadi.
Bizning jamoamiz bilan ekologik audit – bu shunchaki tekshiruv emas, balki biznesga obro‘sini mustahkamlash, samaradorlikni oshirish va barqaror rivojlanishni shakllantirishga yordam beruvchi vositadir.
Ekologik audit milliy va xalqaro ekologik me’yorlarga rioya etilishini tasdiqlaydi hamda barqaror amaliyotlarga sodiqlikni namoyon etadi.
Ekologik mas’uliyatni namoyish etish mijozlar, investorlar, hamkorlar va jamoatchilik ishonchini mustahkamlaydi hamda tashqi e’tiborni ijobiy omilga aylantiradi.
Qurilish, rekonstruksiya yoki yangi ishlab chiqarishlarni ishga tushirish xavfsiz va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun mustaqil ekologik ekspertizani talab qiladi.
Ekologik audit kompaniya strategiyasiga barqaror rivojlanish va ESG tamoyillarini integratsiya qilishga yordam beradi, ijobiy imidjni va uzoq muddatli qadriyatni mustahkamlaydi.
Audit ekologik xavflarni erta aniqlash va ularning biznes hamda atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.
Ekologik audit xalqaro ekologik standartlarga muvofiqlikni ta’minlaydi, yangi bozorlar, loyihalar va hamkorlik imkoniyatlarini ochadi.
Biz biznesning ekologik faoliyatini umumiy tarzda, hozirgi atrof-muhitga ta’siridan tortib boshqaruv tizimlari va barqaror rivojlanish strategik maqsadlarigacha tahlil qilamiz.
Ekologik audit — bu shunchaki rasmiy tekshiruv emas, balki kompaniyaning hozirgi holatini aks ettiradigan, mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni aniqlaydigan va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan rasmiy xulosadir.
Faoliyatingizning atrof-muhitga ta’siri va xavflarni aniqlash.
Qoidabuzarliklar bartaraf etish va ekologik samaradorlikni oshirish bo‘yicha aniq qadamlar.
Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlari va loyihalarini amalga oshirishda yordam.
Milliy qonunchilik va xalqaro me’yorlarga muvofiq xulosa.
Kompaniyaning strategiyasiga ekologik ko‘rsatkichlarni integratsiya qilish orqali ishonch va investitsion jozibadorlikni oshirish.
Biz oddiy tekshiruvlardan chuqurroq tahlil qilamiz: sabablar, xavflar va oqibatlarni o‘rganib, kompaniyaning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlaymiz.
«Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi» tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Qibray klinik sanatoriysi
«Oʻzbekiston temir yoʻllari» tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
«Eyvalek Maxsus Temir Beton» MChJ
«Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi» tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
«YASHILLOYIHA LOYIHALASH INSTITUTI» davlat muassasasi
Binolarni ekspluatatsiya qilish va qurilish-montaj ishlari direksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Futbol klubi «Paxtakor»
«BEK BARAKA IXTISOSLASHGAN SAVDO KOMPLEKSI» MChJ
Philipp Morris tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi
Philipp Morris tamaki mahsulotlarini sotish boʻyicha dilerlik tarmogʻi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
Oʻzbekiston Respublikasi “Xalq Banki” aksiyadorlik tijorat banki
Ekologik audit – bu xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni texnik me’yorlar va atrof-muhitni muhofaza qilish qonunlariga rioya etilishini baholovchi, ekologik audit tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tizimli, hujjatlashtirilgan va mustaqil tekshiruvdir.
Ekologik audit atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatadigan kompaniya va tashkilotlar uchun zarur – sanoat, qurilish, servis yoki kommunal korxonalar uchun, shuningdek, o‘z faoliyatining ekologik standartlarga mosligini tasdiqlamoqchi va salbiy ta’sirni kamaytirmoqchi bo‘lganlar uchun.
Audit yakunida siz kompaniyangizning ekologik faoliyat holatini aks ettiruvchi rasmiy maxfiy xulosa olasiz.
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Mazkur hisobot ekologik auditor va audit tashkiloti rahbari tomonidan imzolanadi hamda ekologik boshqaruvni tizimli yaxshilash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ha, biz faqat baholash bilan cheklanmaymiz. Ekologik audit ekologik tashabbuslarni amalga oshirish bosqichida ham qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi, bu esa o‘zgarishlarni samarali va qulay amalga oshirishga yordam beradi.
Ha, ekologik audit natijalari investorlar va hamkorlar ishonchini oshiradi, shuningdek, xalqaro ekologik va barqaror tashabbuslarda ishtirok etish uchun asos bo‘lishi mumkin